Biz Kimmiz?
Kompaniyamiz ko'p yillar davomida sendvich panellarni ishlab chiqarish, metall konstruktsiyalardan binolar qurish va sendvich panellarni o'rnatish bilan shug'ullanadi.
Bizning sendvich panel ishlab chiqarish zavodimiz bu:
- O‘z sinov laboratoriyamizning mavjudligi;
- Yevropa texnologiyalari asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar;
- O‘z bo‘limlarimiz: loyiha va montaj bo‘limlari;
- Ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo sifatining qat’iy nazorati;
- Ishlab chiqarishning har bir bosqichida sendvich panellar sifatini baholash tizimi.
Sendvich panellardan inshootlar qurishning afzalliklari:
- Poydevorning yengilligi va qulayligi. Sendvich panellardan qurilgan binolar katta va og‘ir poydevorlarga muhtoj emas, bunday poydevorlarning narxi esa ancha yuqori;
- Konstruksiyalarning metall sig‘imi pastligi, bu esa montaj xarajatlarini kamaytiradi;
- Og‘ir texnikadan foydalanmasdan tezkor qurilish;
- Binolarning estetik tashqi ko‘rinishi va ularning a’lo darajadagi ekspluatatsion xususiyatlari;
- Binolarni ta’mirlashning soddaligi;
Sendvich panellardan binolarni qurishning ko'plab afzalliklariga qaramasdan, ularning ishonchliligi ishlatilgan materiallarning sifatiga bog'liq. Har bir ishlab chiqaruvchi kompaniya o'z mahsulotlarining sifatini e'lon qiladi, shuning uchun biz faqat faktlarni keltiramiz:
- Inshootni isitish uchun nisbatan past xarajatlar.
- Biz xomashyoni faqat bozorda o‘zini isbotlagan, mashhur va ishonchli yetkazib beruvchilardan xarid qilamiz;
- Ishga kelib tushadigan barcha materiallar qat’iy kirish nazoratidan o‘tkaziladi;
- Ishlab chiqarishning har bir bosqichida sendvich panellar va komplekt qismlarning ekspluatatsion xususiyatlari majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi;